Bellingem: Agar yana yutqazganimizda tanqid ostida qolgan bo‘lardik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 13:40
Madridning "Real" klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Belgiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

"Uchrashuv menga yoqdi. Agar biz ketma-ket ikkita o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganimizda, tanqidlar ostida qolgan bo‘lardik", - dedi Bellingem The Guardian bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi sparringda Angliya terma jamoasi Braziliyadan 0:1 hisobida minimal mag‘lubiyatga uchragandi.

Bellingem Ispaniya chempionatida joriy mavsumda 22 ta o‘yin o‘tkazdi. Yarim himoyachi hisobida 16 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati