Turkiyaga borayotgan O‘zbekiston fuqarolari ham ogohlantirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 13:38
Turkiyaga boryotgan fuqarolar diqqatiga!

Bugungi kunda Turkiyaga kirish va chiqish chegara punktlarida ichki ishlari organlari xodimlari tomonidan mamlakatga kelayotgan xorijliklarga nisbatan qat’iy tekshiruvlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu amaliyot doirasida Istanbul xalqaro aeroportida asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilganligi kuzatilmoqda.

O‘zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan shaxslar bilan migrasiya xizmati xodimlari tomonidan suhbat o‘tkazilib, shaxsiy uyali telefonlari tekshirilishi holatlari ham uchramoqda.

Terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib o‘tishga uringan shaxslar «Turkiyaga kirishi istalmagan yo‘lovchi» sifatida baholanib, Turkiya hududiga kiritilmasdan mamlakatiga qaytarib yuborilmoqda.

Jumladan, joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida Turkiyaga kiritilmagan 163 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 54 nafari muqaddam Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etib kirishiga taqiq qo‘yilganlarni tashkil etgan.
Shu bilan birga, ayrim vatandoshlarimizdan Istanbul aeroportida polisiya xodimlarining qo‘pol muomalasi haqida shikoyatlar kelib tushgan.
Bu borada fuqarolarimizning barcha shikoyat va e’tirozlari diplomatik kanallar orqali turk tomoniga yetkazildi va xozirgi kunda mutasaddi tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
O‘z o‘rnida, fuqarolarimizdan mahalliy qonunlarni hurmat qilib ularga to‘liq rioya etishlarini so‘rab, oldin qonunbuzarlik sodir etib deportasiya qilingan fuqarolardan esa Turkiyaga kirish taqiqi bor yoki yo‘qligini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Turkiya diplomatik vakolatxonalaridan o‘rgangan holda kelishlari tavsiya qilinadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati