Chelsi Osimxen uchun 90 million yevro tayyorlamoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 13:38
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen "Chelsi"ning transfer bozoridagi asosiy maqsadi.

Tribal Football nashrining xabariga ko‘ra, londonliklar nigeriyalik to‘purarni sotib olish uchun 90 million yevro ajratishga tayyor. Biroq, bu miqdor neapolliklarga to‘g‘ri kelmaydi. Italiya klubi futbolchini sotishdan 130 millionga yaqin daromad olishni rejalashtirgan.

25 yoshli to‘purar Italiya chempionatining joriy mavsumida 17 ta o‘yin o‘tkazdi. Osimxen 11 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Viktorning shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan va uning bozor narxi 110 million yevroga baholanmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati