Vashington va London Xitoy fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 13:36
AQSh va Buyuk Britaniya zararli kiberfaoliyat uchun Xitoy kompaniyasi va Xitoy hukumatiga aloqador ikki shaxsga qarshi sanksiyalar e’lon qildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Londonning da’vo qilishicha, sanksiyalangan shaxslar Britaniya saylovlarini nishonga olgan kiberjosuslik, jumladan, o‘n millionlab britaniyalik saylovchilar haqidagi ma’lumotlarga kirishda ayblangan.

Britaniya TIVga ko‘ra, kiberhujum saylov jarayonlariga, hech kimning huquqlariga, shuningdek, saylovchilarni ro‘yxatga olish jarayoniga ta’sir qilmagan. Buyuk Britaniya bosh vaziri o‘rinbosari Oliver Douden Birlashgan Qirollik demokratiyasiga aralashishga bo‘lgan jami urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytgan.

Avvalroq AQSh yetti nafar xitoylik xakerni Xitoydan kelayotgan tahdidlar haqida ochiq gapirgan amerikalik qonunchilar, siyosatchilar va jurnalistlarga hujum qilishda sirtdan ayblagan edi. Ayblovlar kompyuterga hujum qilish va aloqa firibgarligini amalga oshirganlik uchun qo‘yilgan.

Xitoy TIV bunday da’volar dalillarga asoslangan bo‘lishi kerakligini aytgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati