Dzyudo: Diyora Keldiyorova Antaliya turnirida nega ishtirok etmayotganini ochiqladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 13:34
Joriy yilning 29-31 mart kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarni taqdim etadigan «Katta dubulg‘a» turniri bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston dzyudo federasiyasi xabariga ko‘ra, mazkur musobaqada 7 nafar ayol va 11 nafar erkak dzyudochilarimiz sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, terma jamoaning yetakchi sportchilari Muzaffarbek To‘raboyev va Diyora Keldiyorova Antaliya musobaqalarida ishtirok etmaydi.

O‘zA muxbiriga Diyora Keldiyorova mazkur turnirda nega ishtirok etmayotgani haqida intervyu berdi:

– Murabbiylarimning qarori bu. Antaliya musobaqasida qatnashmayman. «Katta dubulg‘a» turniri yakunlangach u yerda o‘tadigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etaman. Keyingi musobaqam masalasida aytishim mumkinki, murabbiylar, tegishli mutaxassislarning xulosasi va tavsiyasi bilan may oyining so‘nggi kunlarida Abu-Dabida o‘tadigan jahon chempionatidan oldin bironta turnirda qatnashaman, albatta. Lekin hozircha o‘sha turnir qaysi biri bo‘lishi noaniq. Balki u Dushanbe «Katta dubulg‘a» turniri bo‘lar, balki Qozog‘istonda o‘tadigan musobaqa. O‘ylaymanki, "Parij-2024" Olimpiadasiga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘lgan mazkur turnirlarda kerakli natijalarga va ko‘rsatkichlarga erishamiz. Terma jamoamiz a’zolaridan kimning qaysi musobaqada ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligini murabbiylar kengashi hal qiladi, – deydi Jahon chempionati sovrindori, qit’a chempioni, hozirgi paytda Xalqaro dzyudo federasiyasi reytingida yetakchilik qilib kelayotgan iste’dodli sportchimiz Diyora Keldiyorova.

Antaliyada o‘tadigan «Katta dubulg‘a» turnirida dzyudochi qizlarimizdan Gulhayo Jo‘rayeva va Sita Qadamboyeva -52 kilogrammda, Shukurjon Aminova -57 kilogrammda, Shohista Nazarova va Gulnoza Matniyazova -70 kilogrammda, Irisxon Qurbonboyeva -78 kilogrammda, Rinata Ilmatova +78 kilo og‘irlikda ishtirok etsa, dzyudochi yigitlarimizdan Dilshodbek Baratov va Doston Ro‘ziyev -60 kiloda, Muhriddin Tilovov va Sardor Nurullayev -66 kilogrammda, Shahram Ahadov va Murodjon Yo‘ldoshev -73 kilogrammda, Nurbek Murtazoyev va Sharofiddin Boltaboyev -81 kilogrammda, Davlat Bobonov -90 kilogrammda, Ernazar Sarsenbayev -100 kilogrammda va Shohruhxon Baxtiyorov +100 kilo og‘irlikda Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 154 ming yevrodan iborat bo‘lgan ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun 94 mamlakatning 661 nafar sportchisi Antaliya turniri tashkiliy qo‘mitasiga talabnomalarni taqdim etgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati