Barselona Atletik futbolchisini kuzatishda davom etmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 13:34
Kataloniyaning "Barselona" klubi Bilbaoning "Atletik" klubi hujumchisi Niko Uilyamsni kuzatishda davom etmoqda.

Jurnalist Toni Xuanmartning xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi kataloniyaliklarning nishonida qolmoqda.

Manbaning eslatishicha, Uilyamsning shartnomasida tovon puli 50 million yevroni tashkil qiladi. "Barselona"da moliyaviy muammolar bor, shuning uchun kelishuvni amalga oshirish ancha qiyin bo‘ladi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Uilyams 3 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yosh iqtidor sohibiga Angliya Premyer-ligasi klublari ham e’tibor qaratayotgani avvalroq xabar qilingandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati