Zinchenko: Yana bir orzum amalga oshdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 13:30
Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko 2024 yilgi Yevropa chempionatiga yo‘llanma haqida gapirdi. Pley-off bosqichining so‘nggi o‘yinida "sariq-ko‘klar" Islandiya ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

"Aql bovar qilmaydigan tuyg‘u. Men juda xursandman, chunki yana bir orzum amalga oshdi. Qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga katta rahmat. Ular haqiqatan ham barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishimizga yordam berishdi", — dedi Zinchenko ESPN nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionati yozda Germaniya futbol maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Ukraina termasining guruh bosqichidagi raqiblari Ruminiya, Slovakiya va Belgiya terma jamoalari bo‘ladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati