Quloqlar orqasidagi shishgan limfa tugunlari: Bu — qanchalik xavfli?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 10-08-2024, 10:16
— Limfa tugunlari bakteriyalar, mikrob va turli toksinlarni zararsizlantiruvchi biologik filtr hisoblanadi, — deydi mutaxassis. — Ularning yallig‘lanishi esa infeksiyaning tanaga kirganligini anglatadi.

Limfa tugunining qayerda joylashgani va shishishi muhim emas: quloq orqasida yoki bo‘yin — barcha hollarda bemorga darhol tibbiy yordam zarur.

Sog‘lom holatda limfa tugunlari juda yumshoq bo‘lib, ularni paypaslash qiyin. Biroq ular yallig‘langanda qattiqlashib, kattalashadi. Bu holat ko‘pincha qo‘shni organlardagi muammolar bilan bog‘liq. Xususan, parotid tugunlarining yallig‘lanishi asosan quyidagi kasalliklarda kuzatiladi:

rivojlangan kariyes, milk va og‘iz to‘qimalarining yallig‘lanishi;

tashqi yoki ichki eshitish yo‘llarining yallig‘lanishi (otit, tubootit, furunkul va boshqalar);

OIV infeksiyasi;
shamollash deb ataladigan yuqumli kasalliklar (gripp, O‘RVI, faringit, laringit, tonzillit va hokazo).
Limfa tugunlarining yallig‘lanishi ko‘pincha o‘tkir virusli infeksiyalar fonida paydo bo‘ladi. Jumladan, u burun oqishi bilan birga keladi. Ammo, bu alomatlar isitma, kuchli og‘riq, quloq sohasidagi shish, shuningdek asta-sekin yiringlash bilan kechsa, bemorda limfadenit rivojlana boshlaydi. Bu esa tugunning o‘zi yallig‘langanligini anglatadi. Ushbu holat esa o‘z vaqtida davolanishni talab etadi.
Kasallikka to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolanish uchun mutaxassis eng birinchi navbatda limfa tugunlarining kengayish darajasini aniqlash maqsadida uni diqqat bilan paypaslab ko‘radi. Agar yallig‘lanish virusli kasallikdan kelib chiqqan bo‘lsa, birinchi navbatda virusga qarshi choralar qo‘llaniladi. Shifokor ko‘rsatmasisiz limfa tugunlariga issiq kompress qo‘yish aslo mumkin emas! Chunki u infeksiyaning organizmga yanada keng tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Unutmang, limfa tugunlarining yallig‘lanishi jiddiy kasalliklarning dastlabki ogohlantiruvchi belgisidir. Shu bois bunday hollarda darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati