Surxondaryoda hamkasbini pichoqlab o‘ldirgan savdogar 17 yilga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 13:20
Surxondaryodagi bozorlarning birida olibsotar savdogar o‘z hamkasbini pichoqlab, o‘ldirgan. «Millar» dasturining xabariga ko‘ra, mazkur holat 2023 yilning 15 oktyabr kuni soat 05:30 atrofida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, jinoyatchi va jabrlanuvchi muntazam ravishda joy talashib kelgan. Natijada ularning janjali meva savdosi bilan shug‘ullangan jabrlanuvchining voqea joyida vafot etishi bilan yakunlangan.

Ushbu holat yuzasidan sud ishi JIB Termiz shahar sudida ko‘rib chiqildi.

"Qasddan o‘ldirish niyatim yo‘q edi, onamni so‘kkani uchun majbur bo‘ldim. Bu ishlarni hech qachon takrorlamayman. Oila a’zolaridan kechirim so‘rayman",- deydi sudlanuvchi.

Sudlanuvchi JKning 97-moddasi 2-qismining «J» va «l» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati