• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Surxondaryo, Navoiy va Namangandagi tarixiy yodgorliklarga qariyb 30 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Surxondaryo, Navoiy va Namangandagi tarixiy yodgorliklarga qariyb 30 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 13:08
V – VII asrlarga oid arxeologik yodgorliklar molxona qurish uchun buzib tashlanib, o‘zboshimchalik bilan kovlab olingan.

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V – VII asrlarga oid Kattatepa arxeologik yodgorligi 876 m3 maydoni fuqaro Z.H. va boshqalar tomonidan molxona qurish uchun buzib yuborilgani ma’lum bo‘lgan. Yodgorlikka 23,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Shuningdek, Navoiy viloyatidagi Oqtepa-1 arxeologiya yodgorligining 193 m3 tuprog‘i 3 nafar fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan kovlab olinib, yodgorlikka 2,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Bundan tashqari, Badaxshontepa arxeologiya yodgorligining 164 m3 hududi ekin maydoniga aylantirilganligi natijasida 2,3 mlrd so‘mlik, Yomonqiyottepa yodgorligining 12 m3 maydoni kovlab olingani sabab 163 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.

Namangan viloyati Uychi tumanida o‘rta asrlarga oid Tolmozortepa arxeologiya yodgorligining 0,48 gektar qismi fuqaro A.K. tomonidan texnika yordamida tekislanib, yodgorlikka 871 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati