Ivan Boshkovich: «Bugun ko‘proq narsa kutgandim»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 00:10
O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida o‘z maydonida «Olimpik»ga qarshi bahsda durang o‘ynagan So‘g‘diyona klubi ustozi Ivan Boshkovich o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi."Ochig‘i, bugun ko‘proq narsa kutgan edim. Shogirdlarim boshqacha o‘yin namoyish eta olishiga ishongan edim. Chunki, bugungi o‘yinga boshqacha tayyorgarlik ko‘rgan edik. Barchasi o‘z qo‘limizda edi, 2:0 hisobida oldinda edik. Ikkinchi taymda o‘yinimiz o‘xshamadi.Futbolda shunaqasi ham bo‘ladi. Barchasi o‘z qo‘lingda bo‘la turib, raqibga imkoniyat berasan. Balki futbolchilarim o‘yinda charchashgandir, bilmayman. Raqib hatto o‘yin oxirida yana golga yaqin kelgan va bizni jazolashi ham mumkin edi. Shuning uchun balki 2:2 hisobi adolatli natijadir. Legionerlarimiz qaytgani jamoamiz uchun yaxshi bo‘ldi. Keyingi o‘yinlarga jiddiyroq tayyorgarlik ko‘ramiz", — dedi Boshkovich.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati