Toshkentda ko‘p qavatli uy hovlisida uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 13:04
Toshkentda jamoat joyida jinsiy a’zosini chiqarib, uyatsiz harakatlarni amalga oshirgan erkak 15 sutkaga qamaldi. Shayxontohur tuman sudining mazkur ish bo‘yicha qarori “Daryo” tahririyatida mavjud.

Qayd etilishicha, fuqaro D.A. 18 mart kuni Shayxontohur tumani Ibn Sino mavzesidagi ko‘p qavatli uylardan birining hovlisida jamoat joyida jinsiy a’zosini chiqarib, uyatsiz harakatlarni qilgan, jamoat tartibi va fuqarolarning osoyishtaligini buzgan.

Sud majlisida huquqbuzar qilmishidan pushaymonligini, bu kabi holat boshqa takrorlanmasligini aytib, suddan yengillik so‘ragan.

Sud qarori bilan fuqaro D.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Jazo o‘talganidan so‘ng D.A.dan Toshkent shahar IIBB Ma’muriy tartibda qamoqqa olingan shaxslarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun ma’muriy qamoqning har bir sutkasi uchun BHMning 15 foizi miqdorida —jami 765 ming so‘m undiriladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati