Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 13:00
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–135-son qaroriga muvofiq Toshkent shahridan Qamchiq dovoni orqali Farg‘ona vodiysi viloyatlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qaroriga muvofiq shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender tanlovlari 2024 yilning 1 may sanasida bo‘lib o‘tadi.

Tenderga qo‘yilgan lotlar:

YT – 1150-sonli Toshkent sh. – Namangan sh. ikki tomondan YT – 1151-sonli Toshkent sh. – Farg‘ona sh. ikki tomondan YT – 1153-sonli Toshkent sh. – Andijon sh. ikki tomondan

❗️Ushbu yo‘nalishda qatnovlarni amalga oshirishda quyidagi talablar mavjud:

????Qamchiq dovoni orqali yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari o‘n to‘rttagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan M2 toifadagi transport vositalariga;
????bunda faqat 1 apreldan 1 noyabrga qadar bo‘lgan davrda kunduzi;
????ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan va gaz ballon uskunalari o‘rnatilmagan;
????sekinlashtiruvchi uskunasi (tog‘ tormozi) mavjud bo‘lgan;
????harakatni kuzatish navigasiya qurilmasi va taxograf o‘rnatilgan transport vositalarida kamida 7 yil staji bor haydovchilarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun lisenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qatnovni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati