Janubiy Koreyada koronavirus tufayli kasalxonaga borganlar soni oshdi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 09-08-2024, 15:48
Janubiy Koreyada koronavirus tufayli kasalxonalarga borganlar soni 4 hafta ichida 6 barobar oshdi.

Yonhap agentligining Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi (KDCA) ma’lumotlariga tayangan holda xabar berishicha, avgust oyining birinchi haftasida Covid-19 tufayli 861 kishi shifoxonalarga yotqizilgan.

Koronavirus bilan kasallanish darajasi joriy yilning fevral oyidan beri eng yuqori darajaga yetdi.

Yuqtirilganlar sonining ko‘payishiga qaramay, bemorlarning 90 foizdan ortig‘i kasallikni engil alomatlar bilan boshdan kechirgan.

Rasmiylar 65 yoshdan oshgan odamlarni Covid-19 ga qarshi emlash jarayoni oktyabr oyida davom etishini e’lon qildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati