Rasiyadan ruxsatnomasiz foydalangan fuqaroga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 12:46
«O‘zkomnazorat» inspeksiyasi Farg‘ona viloyat hududiy shu’basi, viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati va Ichki ishlar xodimlari hamkorligida Qo‘shtepa tumanida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Tezkor tadbirlar davomida Qo‘shtepa tumani «Qumtepa» MFY hududida yashovchi fuqaro I.I. tomonidan 3 dona BAOFENG BF-888S rusumli radioelektron vositalardan belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan foydalanilgani aniqlandi.

Fuqaro tomonidan radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (o‘rnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning texnik reglamentlari yoki davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlari talablari buzilgan.

Buning natijasida, «O‘zkomnazorat» inspeksiyasi Farg‘ona viloyat hududiy shu’basi tomonidan fuqaro I.I.ga nisbatan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 152-moddasi 1-qismidagi talablarni buzgani sababli ma’muriy chora ko‘rildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati