Namanganda Nexia va Spark to‘qnashib, butunlay yonib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 12:40
Namangan viloyatining Uychi tumanida Nexia va Spark to‘qnashib, butunlay yonib ketdi.

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, voqea 26 mart kuni soat 16:00 larda Namangan—Uychi—Uchqo‘rg‘on yo‘lining 28-kilometri chorrahasida sodir bo‘lgan.

Spark avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan Nexia bilan to‘qnashgan.

Oqibatda har ikki avtomashinada yong‘in chiqib, transport vositalari to‘liq yonib, zararlangan.

Hodisada hech kim vafot etmagan. Spark haydovchisi tizzasi lat yeyishi, Nexia haydovchisi chap oyog‘i lat yeyishi, ikki nafar yo‘lovchi ham tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati