• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Parij shahridagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi

Parij shahridagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 12:38
Parij shahrida "Mondiale du Tourisme" 47-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ko‘rgazmada dunyoning turli mamlakatlaridan milliy turizm ma’muriyatlari, aviakompaniyalar va sayyohlik agentliklari vakillari qatorida O‘zbekistondan "Rev Tours" va "Zamin Travel" kompaniyalari xodimlari qatnashdilar. O‘zbekistonning turistik salohiyatini Fransiyaning bir qator yirik turoperatorlari, xususan, mamlakatimizning uzoq yillik hamkori bo‘lgan «Salaun Holidays» kompaniyasi ham taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu kompaniya ko‘magida "Ouzbekistan, au pays des Mille et une vies" hujjatli filmi 2023 yilda suratga olingan edi. Ko‘rgazma press-relizida ta’kidlanganidek, ushbu film tomoshabinlarni O‘zbekistonning eng go‘zal go‘shalari va uning mehmondo‘st xalqi bilan tanishishga chorlaydi.

Ko‘rgazma davomida ushbu filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi va u ko‘plab tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

— Men o‘tgan yili O‘zbekistonga borish imkoniyatiga ega bo‘ldim va bu sayohat menda unutilmas taassurot qoldirdi, — dedi tarjimon Jan-iv Gyugen. — O‘zining mahobatli me’moriy inshootlari, go‘zal tabiat manzaralari va, albatta, o‘zbek xalqining samimiy mehmondo‘stligi bilan uyg‘unlashgan tarixiy shaharlaringiz dunyoning turli burchaklaridan kelgan sayyohlarni o‘ziga rom etmoqda. Ishonch bilan ayta olamanki, fransuz sayyohlari yurtingizga katta mamnuniyat bilan tashrif buyurishadi.

Shuningdek, O‘zbekistonda xorijlik sayyohlarni qabul qilish uchun zamonaviy mehmonxona va logistika infratuzilmasi yaratilgan, qiziqarli sayohat va faol dam olish uchun barcha qulayliklar mavjud.
"Mondiale du Tourisme" ko‘rgazmasi tijorat direktori Frederik Ambrossino ushbu yarmarkada O‘zbekiston vakillarining ishtirokini yuqori baholadi.
— Bu yil ko‘rgazmaga 66 mingdan ortiq kishi keldi, – dedi u. – "Rev Tours" va "Zamin Travel" kompaniyalari bir necha yildan buyon ko‘rgazmamizda ishtirok etib, mamlakatingizning boy sayyohlik salohiyatini muvaffaqiyatli namoyish etib kelmoqda. O‘zbekistonga sayohat qilayotgan fransuz sayyohlari soni sezilarli darajada oshganini qayd etish kerak. Umid qilamizki, O‘zbekiston kompaniyalarining bunday muhim tadbirva taqdimotlardagi ishtiroki tufayli Fransiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi yanada oshadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati