Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi “Isroil bilan hamkorlik” ayblovlarini rad etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 12:36
Turkiya Milliy mudofaa vazirligi X ijtimoiy tarmog‘ida Isroil bilan hech qanday qo‘shma faoliyat, jumladan, harbiy tayyorgarlik, mashqlar va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik qilmasligini bildirdi.

Vazirlik bayonotida Isroilning G‘azodagi kasalxonalar, maktablar, diniy ibodat joylari, qochqinlar lagerlari va tinch aholini nishonga olgan tartibsiz zo‘ravonlik harakatlari davom etayotgani ta’kidlangan.

“Turkiya Respublikasi har doim Falastinni qo‘llab-quvvatlagan, shu nuqtai nazardan, Falastin xalqiga zarar yetkazadigan har qanday faoliyatni amalga oshirishi mumkin emas. Turkiya Milliy mudofaa vazirligi Isroil bilan harbiy ta’lim, mashg‘ulotlar va mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni o‘z ichiga olgan hech qanday qo‘shma faoliyat olib bormaydi”, - deyiladi bayonotda.

Avvalroq ayrim internet saytlari Turkiya Statistika instituti (TUIK) yanvar oyida ham Turkiya Isroilga porox, portlovchi moddalar, alanga oluvchi moddalar, o‘q-dori, qurol va ehtiyot qismlarini eksport qilishda davom etgani haqidagi ma’lumotlarini tarqatgan edi.

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi ushbu ma’lumotlarga izoh berib, “36-band: Porox va portlovchi moddalar, pirotexnika vositalari, piroforik qotishmalar, yonuvchan materiallar” deganda “suyuq yoqilg‘i va yondirgich gazi”, “93-band: Qurol va o‘q-dorilar; ularning qismlari va aksessuarlari” nomi ostida esa “silliq stvolli ov miltig‘i ehtiyot qismlari va aksessuarlari hamda baliqchilik vositalari (garpun va boshqalar” nazarda tutilganini ma’lum qildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati