Hindiston elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 12:34
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Hindiston elchisi Manish Prabxatni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Hindistonning mamlakatimizdagi Elchixonasi rahbari sifatida diplomatik missiyasini yakunlayotgan Manish Prabxat janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Biz Elchi janoblarining faoliyati davomida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida strategik sheriklikni boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Eslatib o‘tamiz, Manish Prabxat 2020 yil 16 oktyabrda o‘zining ishonch yorliqlarini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga topshirgan edi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati