Tatariston raisi Surxondaryo viloyatiga keldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 12:26
Tatariston respublikasi raisi Rustam Minnixanov Surxondaryo viloyatiga keldi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning o‘zaro tashriflardagi taklifiga binoan Tatariston raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan viloyatga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida quyidagilar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish belgilangan:

erkin iqtisodiy zona;

logistika markazlari;

ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishuv;
kelgusidagi hamkorlik istiqbollari.
Shuningdek, vohadagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga tashrif amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Rustam Minnixanov Nukus shahriga tashrif buyurib, u yerdagi bir qator korxonalarni borib ko‘rgan edi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati