Nagelsmann Yevroda Germaniya tarkibida o‘zgarishlar qiladimi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 12:22
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Yevro-2024da terma jamoa tarkibini tubdan o‘zgartirishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qligini aytdi.

"Agar hamma formada bo‘lsa, yozda biz tarkibda katta o‘zgarishlar qilmaymiz. Na 10, na beshta o‘zgartirish rejalashtirilmagan. Balki bitta yoki ikkita futbolchi almashishi mumkin. Uning uchun, hozir biz bilan bo‘lmaganlar borlardan yaxshiroq bo‘lishi kerak”, — deya Nagelsmanning so‘zlarini keltiradi jurnalist Patrik Berger X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter).

Eslatib o‘tamiz, Yulian Nagelsmann Germaniya terma jamoasini 2023 yilning sentyabr oyida qabul qilib olgandi. Uning Germaniya terma jamoasi bilan shartnomasi 2024 yil 14 iyundan 14 iyulgacha bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati yakuniga qadar amal qiladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati