Argentina Kosta-Rika ustidan g‘alaba qozondi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 11:58
Futbol bo‘yicha Argentina hamda Kosta-Rika jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi. Ushbu o‘yinda Argentina Kosta-Rika ustidan irodali g‘alabaga erishdi.

FIFA kunlarida Messisiz o‘ynayotgan Argentina ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida ham g‘alaba qozondi.

Salvador jamoasiga 3 ta gol urgan Skaloni jamoasi Kosta-Rika bilan bahsda kambek qilishga erishdi. Lautaro Martines terma jamoasi safidagi 16 o‘yinlik golsiz seriyasiga chek qo‘ydi.

O‘rtoqlik o‘yini

27 mart, Chorshanba

Argentina — Kosta-Rika 3:1
Gollar: 0:1 — 24, Ugalde, 1:1 — 52, Di Mariya, 2:1 — 56, Mak Allister, 3:1 — 77, Martines.
Argentina – Benites, Molina, Otamendi (Pesselya, 82), Romero, Talyafiko, Lo Chelso (De Paul, 72), Mak Allister (Paredes, 60), Fernandes (Gonsales, 82), Di Mariya (Karboni, 82), Garnacho (Lautaro Martines, 71), Alvares.
Kosta-Rika – Navas, Kiros, Kalvo, Kaskante, Faerron, Galo, Agilera (Roxas, 68), Lassiter (Mora, 90), Alkoser (Madrigal, 68), Ugalde (Kontreras, 90), Samora (Agilyar, 80). Ogohlantirishlar: Molina (45+2), Faerron (71)

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati