• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Toshkentda o‘tayotgan “UzFood 2024” ko‘rgazmasiga eng ko‘p Xitoy va Rossiya kompaniyalari keldi

Toshkentda o‘tayotgan “UzFood 2024” ko‘rgazmasiga eng ko‘p Xitoy va Rossiya kompaniyalari keldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 11:56
“UzFood 2024” xalqaro oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasida Xitoy va Rossiyadan 200 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Ko‘rgazmada Avstriya, AQSH, BAA, Belarus, Bolgariya, Vyetnam, Germaniya, Indoneziya, Italiya, Koreya, Litva, Niderlandlar, Ozarbayjon, Pokiston, Rossiya, Singapur, Tailand, Turkiya, Turkmaniston, Fransiya, Xitoy, Shri-Lanka, Eron, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Hindiston o‘zining oziq-ovqat sanoatini namoyish etmoqda.

Mazkur ko‘rgazma yillar davomida soha mutaxassislari uchun ko‘p qirrali biznes maydoni bo‘lib, u oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarish zanjirining to‘liq siklini – dala va fermadan tortib tayyor mahsulotgacha, shu jumladan, qayta ishlash, qadoqlash va saqlash jarayonini o‘zida aks ettirgan.

“Har yili ko‘rgazma ekspozisiyasi yangi kompaniyalarni jalb qilish orqali kengaytiriladi. Bu yil ham o‘tgan yilga nisbatan ishtirokchilar 35 foizga o‘sdi”, — deyiladi xabarda.

Ko‘rgazma pavilyonlari:

1-pavilyon - oziq-ovqat uskunalarining keng assortimenti: go‘sht qayta ishlash, sut mahsulotlari ishlab chiqarish, yog‘-moy ishlab chiqarish, qandolat sanoati, non pishirish va sovutish, shuningdek sabzavot va mevalarni qayta ishlash liniyalari.
2-pavilyon - ko‘rgazmaning ixtisoslashtirilgan bo‘limi “Qadoqlash. Uskunalar va materiallar - O‘ZuPACK”, bu yerda qadoqlash sanoati uchun zarur bo‘lgan barchasi taqdim etiladi: qadoqlash, poligrafik va fleksografik uskunalar, saralash uskunalari, idishga quyish va yopish, qopqoqlar, yumshoq, qog‘oz va vakumli qadoqlar, markalash va etiketkalar.
3- va 4 - pavilonlar - tayyor mahsulotlar, unda ishtirokchilar go‘sht va parranda go‘shti, sut mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, oziq-ovqat ingrediyentlari va boshqalar namoyish etiladi.
“UzFood" ko‘rgazmasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z mahsulotlarini xorijiy mutaxassislarga taqdim etish va eksport muammolarini hal qilishda, shuningdek, xorijiy kompaniyalar uchun O‘zbekiston bozoriga kirishda muhim rol o‘ynaydi”, — deyiladi xabarda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati