Ronaldu qiymati 2 million dollardan oshadigan yangi «Ferrari» mashinasida ko‘rinish berdi (video)

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 11:54
Mashhur futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu Portugaliyada yangi Ferrari avtomobili boshqaruvida ko‘rinish berdi.Bu mashina qiymati 2,2 million dollardan ko‘proq turadigan Daytona SP3 modeli hisoblanadi. Ushbu mashinadan jami 599 tasi ishlab chiqarilgan. Ma’lumki, Krishtianudan tashqari Formula-1 ishtirokchisi Ferrari jamoasi a’zosi Sharl Lekler ham xuddi shunday mashinaga ega.Ferrari Daytona SP3 2021 yilda taqdim etilgan. Sportkar kapoti ostida 840 ot kuchiga ega 6,5 ​​litrli V12 dvigatel o‘rnatilgan. Daytona SP3 100 km/soat tezlikka 2,85 soniyada erishadi va maksimal tezligi 340 km/soatdan oshadi. Ushbu avtomobil zamonaviy Ferrari liniyasidagi eng tezkorlaridan biri hisoblanadi.Ushbu mashina Krishtianu Ronaldu kolleksiyasidagi beshinchi Ferrari hisoblanadi. U, shuningdek, Ferrari F430, 599 GTO va F12 TDF rusumli avtomashinalariga ham ega va yanvar oyida futbolchi o‘zining yangi Ferrari Purosangue mashinasini namoyish qilgan edi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati