Madaniyat vazirligiga korrrupsiyaga oid xabarlar kelib tushmadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 11:52
Madaniyat vazirligiga korrrupsiyaga oid xabarlar kelib tushmadi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov ma’lum qildi.

✅Joriy yilning birinchi choragi davomida vazirlikning tegishli buyruqlari asosida “O‘zbekkonsert” va “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi” davlat muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

✅O‘rganish natijalari bo‘yicha “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati bo‘limi xodimlari, “O‘zbekiston davlat filarmoniyasi” davlat muassasasi va uning Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi bilan bevosita hamda ZUM platformasi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari xodimlari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazildi.

✅Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati va tegishli mutaxassislar ishtirokida davlat xaridlariga oid Oqoltin tumani madaniyat bo‘limi, Urganch ixtisoslashtirilgan maqom san’ati maktab-internati va Qo‘qon shahar 7-bolalar musiqa va san’at maktabida 3 ta xizmat tekshiruvlari o‘tkazildi.

✅Tekshiruv yakunlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq 6 nafar mutasaddi xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartiblarda ta’sir choralari qo‘llanildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati