«Barsa» Ansu Fatining sotuvidan qancha mablag‘ ishlab olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 11:48
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchi Ansu Fati bilan xayrlashishga qaror qildi. Hozirda "ko‘k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi Angliya Premyer-ligasida "Brayton"da ijara asosida o‘ynamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar berishicha, Kataloniya grandi rahbariyati Ansuni sotishdan 60 million yevro ishlab olishni istamoqda.

Joriy mavsumda hujumchi 23ta o‘yinda ishtirok etgan. U to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 21 yoshli ispaniyalikning "chayqalar" bilan shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi. Transfermarkt portali uning narxini 30 million yevroga baholamoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati