• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Ursula Garchek referendum va saylov bo‘yicha monitoring natijalari yuzasidan yakuniy hisobotlarni taqdim qildi

Ursula Garchek referendum va saylov bo‘yicha monitoring natijalari yuzasidan yakuniy hisobotlarni taqdim qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 11:42
Delegasiya rahbari, elchi Ursula Garchek konstitusiyaviy referendum va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha monitoring natijalari yuzasidan yakuniy hisobotlarni rasmiy taqdim qilish hamda ularda keltirilgan xulosa va tavsiyalarni muhokama qilish maqsadida vazirlikka tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov O‘zbekistonda saylov qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab quvvatlash sohasidagi amaliy ishlar haqida mehmonlarga so‘zlab berdi.

EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi delegasiyasi rahbari U. Garchek xonim O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni e’tirof etishini va mamlakatning demokratik institutlarni rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan ishlarini bundan keyin ham byuro tomonidan keng qo‘llab - quvvatlanishini ma’lum qildi.

Shuningdek, delegasiya vakillari Adliya vazirligi bilan fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati