Desham Chili ustidan qozonilgan g‘alabaga munosabat bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 11:26
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham o‘rtoqlik uchrashuvida Chili terma jamoasi ustidan 3:2 hisobida zafar quchganligi haqida gapirdi.

Mutaxassis so‘nggi uchrashuvdagi muvaffaqiyatga qaramay, hozirda o‘yinchilarining jismoniy holati eng maqbul emasligini, iyun oyida esa Fransiya terma jamoasi yanada qattiqroq tayyorgarlik ko‘rishi kerakligini ta’kidladi.

"Men xursandchilikdan sakrab o‘tirmayman, lekin bu o‘yinda yomon startdan keyin g‘alaba qozonish (Germaniyadan mag‘lubiyat) yaxshi. Bu qaysidir ma’noda fitnes va energiya darajasi bilan bog‘liq, hozirgi holatimiz optimal emas", - deya Desham so‘zlarini keltirmoqda L`Equipe.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi Yevropa chempionati guruh bosqichida Avstriya, Niderlandiya va Polsha terma jamoalari bilan to‘qnash keladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati