Qanday oziq-ovqat va mahsulotlar maktab oshxonasida tayyorlanishi hamda sotilishi mumkin emas?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 11:00
Bu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurmat Atabekov javob berdi.

Uning ta’kidlashicha:

– «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari»ga ko‘ra, quyidagilar maktab oshxonalarida tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas:

• Go‘sht qo‘shilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar);

• Sun’iy ta’m, hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar qo‘shilgan qandolat mahsulotlari;

• Sun’iy konservantlari bo‘lgan «kiriyeshki», «xrustyashki» va chipslar, qurt, pista, donali uy sharoitida tayyorlangan shimiladigan shirinliklar;
• Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar;
• Veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht, baliq, parrandalar; jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-pochalar;
• Tashqi qavati toza bo‘lmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar;
• Bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli o‘zgargan, yorlig‘i bo‘lmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan, ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan har-xil turdagi konservalar;

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati