• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Qarshida Nexia haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan qizchani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi

Qarshida Nexia haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan qizchani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 10:46
Qashqadaryo viloyatida piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan qizchani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan Nexia haydovchisi ushlandi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 19 mart kuni 20:30 larda IIOga Qarshi shahri Qarluqbogo‘t ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joyida noma’lum transport vositasi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Haydovchi tan jarohati olgan piyodaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmasdan, voqea joyidan yashiringan. Tan jarohati olgan piyoda tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Tegishli idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida YTHni Nexia transport vositasi sodir etgani aniqlangan va uning haydovchisi ushlangan. Mashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqand va Qashqadaryoda yuz bergan YTH oqibatida ikki piyoda halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati