Bosh prokuratura: tarixiy yodgorliklarga zarar yetkazganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 10:44
Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Nazorat tadbirlarida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V - VII asrlarga oid “Kattatepa” arxeologik yodgorligining 876 m3 maydoni fuqaro Z.H. va boshqalar tomonidan molxona qurish uchun buzib yuborilib, yodgorlikka 23,3 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.

Shuningdek, Navoiy viloyatidagi “Oqtepa-1” arxeologiya yodgorligining 193 m3 tuprog‘i 3 nafar fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan kovlab olinib, yodgorlikka 2,6 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.

“Badaxshontepa” arxeologiya yodgorligining 164 m3 hududi ekin maydoniga aylantirilganligi natijasida 2,3 milliard so‘mlik, “Yomonqiyottepa” yodgorligining 12 m3 maydoni kovlab olingani natijasida 163 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Namangan viloyati Uychi tumanida o‘rta asrlarga oid “Tolmozortepa” arxeologiya yodgorligining 0,48 gektar qismi fuqaro A.K. tomonidan texnika yordamida tekislanib, yodgorlikka 871 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yuqoridagi jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi belgilangan.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati