Sadir Japarov Markaziy masjidda namoz o‘qib, yig‘ilganlarga iftorlik qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 00:02

Prezident matbuot kotibi Askat Alag‘ozovning ma’lum qilishicha, davlat rahbari nutq so‘zlab, musulmonlarni muqaddas Ramazon oyi bilan tabrikladi.

U yig‘ilganlarni maxsus bilimga ega olimlardan din haqida ma’lumot olishga undadi.

Shuningdek, Alag‘ozovning so‘zlariga ko‘ra, prezident mamlakatda yosh bolalar o‘rtasida qizamiq bilan kasallanish holatlari ko‘payib borayotganidan xavotir bildirgan va statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘pchilik emlanmagan bolalar ekanligini ta’kidlagan. Shu munosabat bilan Sadir Japarov emlash bolalar salomatligi va kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Prezident so‘zining so‘nggida ro‘zadorlarning duolari Alloh taoloning dargohida qabul bo‘lib, ijobat bo‘lishini, yurtimiz, qirg‘iz xalqimiz taraqqiyot va farovon bo‘lishini tilab qoldi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati