Toshkentning Uchtepa tumanida joylashgan ikki qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 10:42
Bugun, 27 mart kuni soat 06:50da Toshkent shahar Uchtepa tumani, Kichik xalqa aylanma yo‘li ko‘chasida joylashgan 2-qavatli binolarda birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 06:57 da yetib borib, yong‘in soat 07:20 da o‘rab olingan va soat 07:23da yong‘in o‘chirilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida 2-qavatli binolarda birida taxminan 100 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati