• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekistonda yo‘l bo‘yidagi maktablar oldiga, ko‘p YTH sodir bo‘ladigan joylarga video-fotoradarlar o‘rnatiladi

O‘zbekistonda yo‘l bo‘yidagi maktablar oldiga, ko‘p YTH sodir bo‘ladigan joylarga video-fotoradarlar o‘rnatiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 10:40
O‘zbekistonda 1 iyuldan yo‘l bo‘yidagi maktablar oldiga, ko‘p YTH sodir bo‘ladigan joylarga video-fotoradarlar o‘rnatiladi. Bu haqda “Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarorida belgilandi.

Hujjatda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, YTH o‘choqlarida, temiryo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatgan holda, yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash zarurati yuzaga kelmoqda.

Bu IIVning “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan“Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Bunda video-fotoradarlar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilanadigan joylarga o‘rnatiladi. Bunday joylar YHXX tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishlari hamda yo‘l-transport hodisalarining tahlilidan kelib chiqib belgilanadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati