Zelenskiy Milliy xavfsizlik kengashi kotibini ishdan oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 10:36
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilovni lavozimidan oldi. Uning o‘rniga tashqi razvedka rahbari Aleksandr Litvinenko tayinlandi. Bu haqda “Ukrainskaya Pravda” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Litvinenko o‘rniga Oleg Ivashchenko tashqi razvedka xizmati rahbari lavozimini egallagan. Ukraina prezidenti kadrlar almashinuviga quyidagicha munosabat bildirmoqda:

“Davlatimizning boshqaruv tizimini yangilashni davom ettirdim. Kadrlar o‘zgarishi bor. Men Aleksey Danilovdan Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi sifatidagi faoliyati uchun minnatdorman. U boshqa yo‘nalishga o‘tkazilmoqda”, — dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining yangi kotibi Aleksandr Litvinenko “Ukraina Tashqi razvedka xizmatiga rahbarlik qilish tajribasini yangi lavozimi oldida turgan vazifalar bilan birlashtirishiga” umid bildirgan.

“Umuman olganda, men davlatimizning jarayonlarni prognoz qilish va ularga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha strategik imkoniyatlari kuchayishini kutaman. Bu davlatimizning milliy xavfsizligiga aloqador”, — dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti Danilov aynan qaysi lavozimga o‘tkazilayotganiga aniqlik kiritmadi. Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksey Goncharenkoning xabar berishicha, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining sobiq rahbari Norvegiyaga elchi etib tayinlanadi.
Danilovning o‘zi Facebook`da ishdan bo‘shatilganiga izoh berdi. U Zelenskiyga ishonchi va Ukraina fuqarolariga davlatga xizmat qilish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi.
“Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi lavozimida to‘rt yil, besh oy, 24 kun ishladim. Uyalmaydigan kunlar”, — deb yozadi Danilov.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati