O‘zbekistonda binolardagi mozaikalar madaniy meros ob’ektlari qatoriga qo‘shildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 19
- Формат: mp4
- Дата релиза: 27-03-2024, 10:34
Qarorda reestrni to‘ldirishdan ko‘zlangan maqsad mozaika, panno va tasviriy san’at asarlarini har tomonlama o‘rganish, asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, ularning mamlakat turizm salohiyatini rivojlantirishdagi rolini oshirishdan iborat ekani yozilgan.
Ro‘yxatdagi mozaikalar davlat kadastriga kiritiladi. Ob’ektlarning kadastr hujjatlariga ularning madaniy qiymati borligi to‘g‘risidagi yozuv qo‘shiladi.
Bundan buyon ro‘yxatga kiritilgan ob’ektlar mavjud binolarda, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bog‘liq har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligi bilan kelishilishi kerak.
Ro‘yxatga kiritilgan mozaikalarning aksariyati Toshkentda joylashgan. Shuningdek, unda Nukus, Urganch, Xiva, Samarqand, Namangan, Andijon, Jizzax, Qo‘qon, Angren, Guliston va bir qancha tumanlardagi mozaikalar mavjud.