Qirg‘izistonlik «Raim-millioner» va uning akalari Ozarbayjonda qo‘lga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 10:32
25 mart kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi maxsus xizmatlar bilan hamkorlikda Ozarbayjon hududida Qirg‘iziston Davlat bojxona xizmati raisining sobiq o‘rinbosari, xalqaro qidiruvda bo‘lgan Raimbek Matraimovni qo‘lga oldi.

Matraimov bilan birga uning akalari Tilek, Ruslan va Islombeklar ham hibsga olinib, Qirg‘izistonga olib ketilgan.

Departamentning ta’kidlashicha, Raimbek Matraimov marhum «qonundagi o‘g‘ri» Qamchi Asanbek (Qo‘lboyev) bilan aloqador bo‘lib, bojxona xizmati xodimlari va hukumat amaldorlari orasidan jinoiy guruh tuzgan.

Matraimovga nisbatan «Qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish» va «Jinoiy daromadlarni qonuniylashtirish (yuvish)» moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati