Isroil Mudofaa vaziri: G‘azoga mahalliy muqobil hokimiyatlar rahbarlik qiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 10:26
Harbiy harakatlar tugaganidan keyin G‘azo sektori Isroil yoki Falastinning HAMAS harakati tomonidan emas, balki mahalliy muqobil hokimiyat tomonidan boshqariladi.

Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant bayonotiga tayanib, Haartez nashri xabar berdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida yuqori martabali rasmiylar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazgan Mudofaa vaziri Yoav Gallantning aytishicha, hozirgi urush tugaganidan keyin na Isroil, na HAMAS G‘azo sektorini boshqara olmaydi va mahalliy alternativ yaratish kerak.

Qayd etilishicha, Gallant tashrifi davomida AQSh va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni barqaror darajaga olib chiqishga harakat qilgan.

“Biz AQSh bilan 100 foiz qadriyatlar va 99 foiz manfaatlarni baham ko‘ramiz”, dedi vazir uchrashuv chog‘ida.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati