• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro sayyohlik yarmarkasida O‘zbekiston milliy stendi tashkil etildi

Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro sayyohlik yarmarkasida O‘zbekiston milliy stendi tashkil etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 10:18
Birmingem shahrida o‘tkazilgan nufuzli "The British Tourism and Travel Show–2024" xalqaro sayyohlik yarmarkasida O‘zbekiston milliy stendi taqdim etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz pavilyoni O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi, "Shehrezada Travel" va "Bo`ston Travel" turkompaniyalari, shuningdek, milliy hunarmandlar va zargarlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

"The British Tourism and Travel Show–2024" xalqaro sayyohlik tadbiri yirik va mashhur yarmarkalardan biri bo‘lib, ushbu sohadagi deyarli barcha xizmatlarni qamrab oladi. Ko‘rgazma har yili Birmingemda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi.

2023 yilda ko‘rgazmada 500 ga yaqin sayyohlik kompaniyalari va turoperatorlarning stendlari turizm sohasidagi mutaxassislar tomonidan namoyish etilgan. O‘zbekiston vakillari ushbu tadbirda ilk bor ishtirok etdi.

Britaniya ommasida katta qiziqish uyg‘otayotgan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi boy madaniy meros va tarixiy obidalar, xususan, Samarqand shahrida barpo etilgan "Boqiy shahar" majmuasi, islom madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz hamda o‘zbek milliy oshxonasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ko‘rgazma qatnashchilariga, shuningdek, O‘zbekistonda dunyoning aksariyat davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim, qator xorijiy mamlakat pasport egalari uchun elektron viza tizimi joriy etilgani ma’lum qilindi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston vakillari yangi sayyohlik yo‘nalishlarini qidirayotgan britaniyalik va xorijiy kompaniyalar rahbariyati bilan B2B formatida muzokara o‘tkazdilar.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati