Bayden kiberhujumlar tahdidi tufayli favqulodda holatni uzaytirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 10:16
AQSh prezidenti Jo Bayden 2015 yil 1 aprelda joriy etilgan milliy favqulodda holat rejimini AQSh kiberxavfsizligiga tahdid tufayli yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi.

Bu haqda Oq uy saytidagi bayonotda aytiladi.

"Kibermakondagi jiddiy zararli harakatlar Qo‘shma Shtatlarning milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga favqulodda tahdid solmoqda. Shu sababli 2015 yil 1 aprelda e’lon qilingan favqulodda holat 2024 yil 1 apreldan keyin ham amal qilishi kerak", - deyiladi xabarda.

Shu bois Prezidentning 13694-son farmoni bilan joriy qilingan favqulodda holat bir yilga uzaytirildi. Xabarda qayd etilishicha, u "Federal reestrda e’lon qilinadi va Kongressga yuboriladi".






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati