• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Muxlislar noroziligiga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, obrazini qoyilmaqom tarzda ijro etgan aktyorlar

Muxlislar noroziligiga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, obrazini qoyilmaqom tarzda ijro etgan aktyorlar

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 10:12
Ba’zan kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lishning o‘zi ham olamshumul mashhurlik olib kelishi mumkin.

Hit Lejer —Joker

Kristofer Nolan Hit Lejerni Joker roliga tasdiqlaganini e’lon qilganida, DS Comics muxlislari internetda qattiq norozilik bildirishadi: “Joker rolida qandaydir yoqimtoy bola? Bo‘lishi mumkinmas!”; “Joker — qo‘rquv uyg‘otadigan aktyor ijro etishi kerak bo‘lgan qahramon. Shunchaki omadi kelgan yigitcha emas.”

Ammo film kinoteatrlarga chiqishi bilan o‘sha muxlislar tillarini tishlashga majbur bo‘lgan. 2009 yil fevral oyida Joker Lejerga ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli uchun vafotidan keyin “Oskar”ni taqdim etdi.

Gal Gadot — Mo‘’jizakor ayol

Amazonkalar malikasi Diana roli uchun film prodyuserlar Sandra Bullok, Ketrin Zeta-Jons, Anjelina Joli, Beyonse va hatto Merayya Kerini ham sinab ko‘rishgan. 2013 yilda rejissyor Zak Snayder nihoyat isroillik aktrisa va model Gal Gadot “Mo‘’jizakor ayol” rolini o‘ynashini e’lon qiladi. Bu ham muxlislar noroziligiga sabab bo‘ladi: ular Gadotning nozik va ozg‘inligini tanqid qilishadi.
Biroq Gadot bu hujumlardan qo‘rqmaydi. Natijada uning amazonka malikasi obrazi “Betmen Supermenga qarshi” filmidagi eng hayratlanarli obrazlardan biriga aylanadi va keyingi “Mo‘’jizakor ayol” superqahramonlar kinosi tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmlar beshligiga kiradi.
Maykl Kiton — Betmen / Bryus Ueyn
1989 yilda Maykl Kiton jamoatchilikka komedik aktyor sifatida tanilgandi. Rejissyor Tim Byorton keyingi Betmenni Maykl o‘ynashini e’lon qilganida, muxlislar Warner Bros kinokompaniyasini norozilik xatlari bilan to‘ldirib yuborishadi — jami 50 mingdan ortiq xat keladi.
Biroq barcha qo‘rquvlar behuda bo‘lib chiqadi. Betmen rolidagi Kiton va Joker rolidagi Jek Nikolson duyeti Gotem superqahramonlari tarixidagi eng muvaffaqiyatlilardan biriga aylanadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati