Polsha ustozi: Robert Levandovskidek futbolchilar dunyoda kam

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 10:02
Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Mixal Probej jamoaning 2024 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatidagi ishtiroki haqida gapirdi.

So‘nggi saralash pley-off o‘yinida polyaklar Uels terma jamoasini 0:0 (penaltilar bo‘yicha 5:4) hisobida mag‘lub etishdi.

"Biz yaxshi va hissiyotlarga boy o‘yin ko‘rsatdik. Bu biz uchun juda muhim kun edi. Robert Levandovskidek futbolchilar dunyoda kam. U bilan biz ko‘p narsaga erisha olamiz", - dedi Probej UYEFA rasmiy saytiga.

Saralash bosqichida Levandovski barcha 8 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yevropa chempionatida Polsha Niderlandiya, Avstriya va Fransiya bilan "D" guruhida o‘ynaydi.

Turnir 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Amaldagi Yevropa chempioni finalda Angliya terma jamoasini 1:1 (3:2) hisobida mag‘lub etgan Italiya terma jamoasi hisoblanadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati