Jahon banki Ukrainani rivojlantirish va tiklash uchun 1,5 milliard dollar ajratdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 09:58
Jahon banki direktorlar kengashi Ukrainaga taraqqiyot va tiklanish siyosati krediti (DPL) doirasida 1,5 milliard dollar ajratish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.

Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigalning Telegram`dagi sahifasiga tayanib, “RBK-Ukraina” xabar berdi.

Uning qayd etishicha, bu mablag‘ning 984 million dollari Yaponiyadan, 516 million dollari esa Buyuk Britaniyadan keladi. Mablag‘lar mart oyining oxirigacha o‘tkaziladi.

Shmigal Jahon banki, Yaponiya va Buyuk Britaniya hukumatlariga Ukrainada makromoliyaviy barqarorlikni saqlashga qo‘shgan hissasi va qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Biz bu resurslarni eng muhim byudjet xarajatlarini qoplashga yo‘naltiramiz: ijtimoiy, gumanitar maqsadlarda va tiklash uchun”, — deya qo‘shimcha qildi Vazirlar Mahkamasi rahbari.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati