Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi juda xursand

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 09:54
Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Mixal Probez jamoaning 2024 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatidagi ishtirok etishi haqida gapirdi.

So‘nggi saralash pley-off o‘yinida polyaklar Uels terma jamoasini 0:0 (penaltilar bo‘yicha 5:4) hisobida mag‘lub etishdi.

“Biz yaxshi va hissiyotlarga boy o‘yin ko‘rsatdik. Bu biz uchun juda muhim kun edi. Robert Levandovskidek futbolchilar dunyoda kam. U bilan biz ko‘p narsaga erisha olamiz", - deya Probezning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Saralash bosqichida Levandovski barcha 8 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yevropa chempionatida Polsha Niderlandiya, Avstriya va Fransiya bilan “D” guruhida o‘ynaydi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati