MIB banklar foydasiga qarzlarni undirmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 09:50
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan tijorat banklari foydasiga undiruv bilan bog‘liq sud hujjatlari ijrosi ta’minlanib, bu borada banklar bilan hamkorlikda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, byuroning Shirin shahar bo‘limi tomonidan 2023 yil va joriy yilning o‘tgan davri davomida sud hujjatlari asosida tijorat banklari foydasiga jami 17,2 milliard so‘mlik 178 ta ijro hujjati ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilib, shundan 11,2 milliard so‘mlik 107 ta ijro hujjati ijrosi amalda ta’minlanishiga erishildi.

Bu borada qarzdorga tegishli mol-mulklarni qisqa muddatda aniqlash maqsadida “MIB-Portal” dasturi imkoniyatlaridan samarali foydalanilib, qarzdorlarga tegishli mol-mulklar o‘z vaqtida xatlanib, realizasiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, tijorat banklari foydasiga jami 10,7 milliard so‘mlik kredit garov mulklari hisoblangan 4 ta noturar bino-inshoot va 2 ta avtotransport vositasi elektron auksion-savdolarga chiqarilishi ta’minlanib, undiruvchilar foydasiga mablag‘lar o‘tkazib berildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati