Parij Olimpiadasida qancha sportchi COVID-19ga chalingani ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-08-2024, 15:36
2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida 40 dan ortiq sportchi COVID-19 bilan kasallangan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti matbuot kotibi Mariya Van Kerxove brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi oylarda ko‘plab mamlakatlarda mavsumdan qat’i nazar, koronavirusga chalinish ko‘paygan.

Avvalroq 5 nafar avstraliyalik suv polochisi, suzish bo‘yicha uch karra Olimpiya chempioni britaniyalik Adam Piti, avstraliyalik suzuvchi Lani Pallister koronavirus infeksiyasiga chalingani xabar qilingan. Belgiya terma jamoasida bir nechta COVID-19 holatlari qayd etilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati