Kroos Klinsmann bilan tenglashdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 09:46
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Germaniya terma jamoasi safidagi 108-uchrashuvini o‘tkazdi.

Opta xabariga ko‘ra, Kroos Germaniya terma jamoasi safida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha mashhur sobiq futbolchi Yurgen Klinsmannga yetib oldi.

Ro‘yxatda faqat Filipp Lam, Manuel Noyer, Bastian Shvaynshtayger, Tomas Myuller, Lukas Podolski, Miroslav Kloze va Lotar Matteuslar yuqoriroqda joylashgan.

Toni Kroos Germaniya terma jamoasida 2010 yilda debyut qilgan. Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi 3 yillik tanaffusdan so‘ng yaqinda "Bundestim" safiga qaytgan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati