Shohjahon Ergashev DAZN oqshomining co main event'ida jang qiladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 21
- Формат: mp4
- Дата релиза: 27-03-2024, 09:42
DAZN tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu oqshomning ikkinchi asosiy jangida o‘zbekistonlik professional bokschi, superengil vaznda IBA kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev ringga chiqadi.
Ushbu oqshomning markaziy jangida yarimog‘ir vazn toifasida kolumbiyalik bokschi Xuan Karrilyo (11-0-0) hamda amerikalik Kuinton Rankin (21-8-2) o‘zaro ringda to‘qnash keladi.
Turnir kardi bilan tanishing:
Markaziy jang: Yarim og‘ir vaznda 10 raundlik jang. Xuan Karrilyo (11-0-0) - Kvintoni Rankin (21-8-2)
Super yengil vaznda 10 raundlik jang: Shohjahon Ergashev (23-1-0) - Xuan Xuyertas (17-4-1)
Super o‘rta vaznda 10 raundlik jang: Vladimir Shishkin (15-0-0) - Mayk Gay (12-7-1)
Super o‘rta vaznda 8 raundlik jang: Nadim Sallum (12-1-0) - Uilyam Taunsel (6-1-0)
O‘rta vaznda 4 raundlik jang: Jozya Shaklford (1-0-0) Antvion Makkollou (0-3-0).