• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Toshkentda odamlarning 6 mlrd so‘mdan ko‘p pullarini o‘zlashtirib yuborgan avtosalon egalari qamaldi

Toshkentda odamlarning 6 mlrd so‘mdan ko‘p pullarini o‘zlashtirib yuborgan avtosalon egalari qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 09:40
Joriy yilning yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda My-Cars nomi bilan ochilgan avtosalon bir nechta fuqarolarning pullarini qo‘lga kiritib, mashina uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirib, yuborgani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng, holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgandi. O‘zAning xabar berishicha, aybdorlarga sud hukmi o‘qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, oldindan jinoiy til biriktirgan 3 nafar shaxs tomonidan poytaxtning Alisher Navoiy ko‘chasida My-Cars nomi bilan avtosalon ochilgan.

2022 yil 16 yanvardan 2023 yilning 2 avgust kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida ushbu jinoiy sheriklar “avtomashinalarni 3 oy muddat ichida avtosalondan chiqarib, yetkazib berish”ni aytib, jami 74 nafar fuqaroning 40 mln so‘mdan to 200 mln so‘mgacha bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi, jami — 6 mlrd 155 mln so‘mlik pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan.

Xaridorlarni qabul qilishda esa ular go‘yoki GM— Uzbekistan bilan shartnoma tuzganliklarini aytib aldashgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi JKning 168-moddasining tegishli bandlari bilan ayblanuvchilarga 8-9 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati