• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • 2017-2023 yillarda O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish faoliyati o‘rganib chiqildi

2017-2023 yillarda O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish faoliyati o‘rganib chiqildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 09:38
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2017-2023 yillarda O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish faoliyatini o‘rgandi.

Texnik tartibga solish mahsulot va xizmatlarning xavfsizligi, ishonchliligi, funksional mosligi va sifatini ta’minlash orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

So‘nggi yillarda bu borada amalga oshirilgan islohotlar natijasida uning huquqiy asosi mustahkamlandi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditasiya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi.

“Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida “E-Standart”, “E-Metrologiya” va “E-Akkreditatsiya” axborot tizimlari ishlab chiqildi.

19,6 mingga yaqin standart xalqaro talablarga muvofiqlashtirildi va standartlarning umumiy sonida ularning ulushi 10 foizdan 80,4 foizga oshdi.

Joriy qilingan xalqaro texnik reglamentlar soni 5,1 barobarga (12 tadan 61 taga) oshdi.
Eksport salohiyatini rivojlantirish maqsadida turli sohalardagi 1261 korxonada ISO 9001 xalqaro standartiga muvofiq sifat menejmenti tizimlari joriy etildi.
20,6 mingta korxonada tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib, standartlashtirish (5,6 ming), metrologiya (13,2 ming), sertifikatlashtirish (1,8 ming turdagi mahsulot) yo‘nalishlarida amaliy yordam ko‘rsatildi. 640 mingdan ortiq o‘lchov asboblari metrologik tekshiruvdan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi sinov laboratoriyalari modernizasiya qilinib, yangi uskunalar bilan ta’minlandi, 4 ta laboratoriya xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazildi, 13 ta yangi laboratoriya tashkil etildi.
“O‘zbekiston akkreditasiya markazi” Laboratoriyalarni akkreditasiya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ILAC MRA) ga teng huquqli a’zosi sifatida qabul qilindi, O‘zbekistonda o‘tkazilgan sinovlarning natijalari dunyoning 116 ta mamlakatida tan olinadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati